Martin Boake rasman AGMK futbolchisiga aylandi

  • 13 iyul, 2021, 12:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda xabar berganimizdek, “Andijon”ning italiyalik hujumchisi Martin Boakega AGMK tomonidan qiziqish bo‘layotgandi. Amalda bu o‘z tasdig‘ini topdi. AGMK klubi matbuot xizmati futbolchi bilan rasman shartnoma tuzilganini e’lon qildi.

Tecno

Shu tariqa, AGMK jamoasi yozgi transfer oynasidagi o‘zining ilk transferini amalga oshirdi.

Yangi mavsumni "Andijon"da boshlagan italiyalik hujumchi Martin Boake endilikda faoliyatini Olmaliqda davom ettiradi.

Martin Boake 1995 yili 10 fevralda Italiyaning Valdarno shaharchasida tug‘ilgan. Ampluasi hujumchi. Martin professional faoliyatini Avstriyaning "Kittsbyuxel" jamoasida boshlagan. Shuningdek, futbolchi Avstriyaning "Xoenems" hamda Lyuksemburgning "Jeness" va Xorvatiyaning "Slaven" jamoalarida samarali o‘ynagan.

Martin Boake professional faoliyatida jami 139 o‘yin o‘tkazgan va 55 marotaba gol urgan.

Martin Boake AGMK futbol klubi bilan 6 oy + 1 yillik ko‘rinishida shartnoma imzoladi.

Boake AGMK jamoasida 72-raqamni tanladi.

boake

Martin Boakening o‘ynagan jamoalari:

"Kittsbyuxel" (2015-2016, 2017-2019) - 72 o‘yin, 33 gol

"Xoenems" (2016-2017) - 28 o‘yin, 9 gol

"Jeness" (2019-2020) - 16 o‘yin, 8 gol

"Slaven" (2020) - 11 o‘yin, 3 gol

"Andijon" (2021) - 12 o‘yin, 2 gol

AGMK (2021-...)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!