Marselo va Varan "Real"dagi yubiley o‘yinlarini o‘tkazishdi
“Real” Madrid klubining ikki himoyachisi – Marselo va Rafael Varan kecha La Liganing 20-turidan o‘rin olgan “Sevilya”ga (2:1) qarshi o‘yinda o‘zlarining yubiley uchrashuvlarini o‘tkazishdi.
Gap shundaki, kechagi bahs braziliyalik futbolchi uchun “Real” safida La Ligada 350-o‘yin bo‘ldi. Frantsiyalik futbolchi uchun ekan “qirollik klubi” safidagi 300-o‘yin bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Marselo "Real"da 2007 yildan buyon, Varan esa 2011 yildan buyon to‘p surib kelyapti.



Fikrlar