
Marko Roys jurnalistlar talqiniga ko‘ra Bundesliganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Marko Roys jurnalistlar talqiniga ko‘ra Bundesliganing o‘tgan 2018/19 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli futbolchi 540ta ovozdan 158ta ovoz to‘plagan. Ta’kidlash kerakki, u o‘tgan mavsum Bundesliganing 27ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ma’lumot uchun, ovoz berish natijalariga ko‘ra kuchli uchlikdan "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavertts (121) va "Bavariya" himoyachisi Yozua Kimmix (35) joy oldi.
Fikrlar