
Marhum Maradona Messi haqida nimalar degan edi?
Lionel Messi Argentina terma jamoasining haqiqiy etakchisi sifatida jahon chempionatida o‘zini mukammal ko‘rsatmoqda. Ayni shu paytda jurnalistlar marhum Diego Maradonaning bir necha yil avval aytgan so‘zlarini yodga olishdi.
“Biz Leoni ilohiylashtirmasligimiz kerak. U "Barselona"da o‘ynaganida Messi. Argentina terma jamoasida esa boshqacha Messini ko‘ramiz. U ajoyib futbolchi, lekin etakchi emas. O‘yin oldidan 20 marta hojatxonaga boradigan futbolchidan etakchi yasashga urinish befoyda”, — degan edi Maradona 2018 yilda Fox Sports nashriga bergan intervyusida.
Agar Diego Maradona Lionel Messini hozir ko‘rganida, uning fikri boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Boisi, Messi 2021 yilda Argentina terma jamoasi bilan Amerika kubogida ilk bor g‘alaba qozondi. Hozir esa jahon chempionligi arafasida turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Diego Maradona 2020 yil 25 noyabrda vafot etgan edi.
Fikrlar