Mareska: "Estevao va Yamalni Messi bilan Ronalduga solishtirish kerak emas"
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng yosh futbolchilar haqida gapirdi. Murabbiy yosh Estevao va Lamin Yamalni Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kabi futbol afsonalari bilan taqqoslamaslikka chaqirdi. Mutaxassisning fikricha, bunday taqqoslashlar yosh futbolchilarga ortiqcha bosim o‘tkazadi.
"Estevaoning "Barselona"ga urgan goli menga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bizga urgan golini eslatdi. Juda o‘xshash, bir xil harakatlar.
U dam olishi, o‘z o‘yinidan zavq olishi, futbol o‘ynashi kerak. U va Lamin Yamal 18 yoshida hali juda yosh yigitlar, agar Ronaldu va Messi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu ular kabi yosh yigitlar uchun juda katta bosim. Ular mashg‘ulotlarga xursand bo‘lib kelishlari kerak, biroq ularni o‘sha ikkisi bilan solishtiradigan bo‘lsak, bu ortiqcha", - deya Mareskaning so‘zlarini keltirdi Sky Sports.
Ushbu o‘yin kuni yakunlanganidan so‘ng, London klubi 10 ochko jamg‘arib, Chempionlar ligasi yig‘ma jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.



Fikrlar