
Marchello Lippi yana Xitoy terma jamoasiga qaytdi
Italiyalik mashhur mutaxassis Marchello Lippi yana Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qaytdi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
71 yoshli murabbiyga Xitoy terma jamoasini Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022ga olib chiqish vazifasi qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Lippi Xitoy terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. U joriy yil BAAda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidan so‘ng terma jamoadan ketganini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar