
"Marca": Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Evropada
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Braziliya futbol federatsiyasi prezidenti Ednaldo Rodriges Anchelottini milliy terma jamoani boshqarishga ko‘ndirish uchun hozir Evropada, deb xabar beradi "Marca" nashri.
Braziliya Tite iste’foga chiqarilganidan keyin haligacha doimiy murabbiysiz qolmoqda. Anchelottining o‘zi "pentakampeonlar"ni boshqarishga qarshi emas. Biroq ayni paytda italiyalik mutaxassis "Real" bilan shartnomasini oxirigacha Madridda qolmoqchi. Karloning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
"Qaymoqranglilar" kecha "Barselona"ga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, Ispaniya kubogi finaliga chiqdi. Qo‘lga kiritilgan kubok Anchelottiga o‘z ishini saqlab qolishga yordam berishi mumkin.
Fikrlar