
Maradonaning merosi uchun 16 kishi da’vogarlik qilmoqda
Afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning boyliklari uchun jiddiy kurash boshlandi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, meros uchun marhumning 5 nafar qonuniy va 7 nafar nikohsiz farzandlari hamda 4 ta singlisi, jami 16 nafar qarindoshi da’vogarlik qilmoqda.
Maradonaning jami boyligi 40 million evroga baholanmoqda. Unga naqd pul, turli mamlakatlardagi mulk va hashamatli avtoulovlar kiradi.
“JCh-1986” g‘olibi o‘limidan oldin hech qanday vasiyat qoldirmagan va shu sababli uning merosi sud orqali bo‘lib beriladi.
Maradona joriy yilning 25 noyabr kuni yurak to‘xtashi oqibatida 60 yoshida vafot etgan edi.
Fikrlar