
Maradona: Shifokorlar o‘lishimni aytishdi...
Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona o‘zining sog‘ligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Eslatib o‘tish lozimki, 58 yoshli mutaxassis yaqindagina elkasi va tizzasidan operatsiya qilingan edi. Aynan sog‘ligidagi muammolar sabab u Meksikaning “Dorados” klubi bosh murabbiyligi lavozimini ham tark etdi.
“Shifokorlar Altsgeymer kasalligi bilan o‘lishimni aytishdi. Garchi ular bu nima ekanini bilishmasada. Men tirikman va muddatidan avval o‘lishni xohlamayman. Ommaviy axborot vositalari ko‘pincha yolg‘on mish-mishlar tarqatishadi”, - deydi Maradona.
Eslatib o‘tamiz, Maradona avval giyohvand moddalar iste’mol qilish dardiga chalingan edi.
Fikrlar