
Maradona: Hozir Tonga terma jamoasi ham Argentinani mag‘lub eta oladi
Argentina futboli afsonasi Diego Maradona terma jamoa borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Tonga terma jamoasi ham bizni yutishi mumkin, tushunayapsizmi? Biz tuzgan jamoaning obro‘si bor, o‘ynaganda esa... Bundan nima qoldi? Terma jamoa libosini o‘z onangizdek his etishingiz kerak, - deb Maradonaning so‘zlarini keltirib o‘tdi TyC Sports nashri.
Ma’lumot uchun, Tonga Tinch okeani havzasida joylashgan mamlakat sanaladi. 100 ming kishilik aholiga ega bo‘lgan mazkur davlat terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 202-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar