
Maoshlar 30 foizga kesiladi
Joriy mavsum “Chelsi” uchun juda og‘ir kechmoqda. Chempionlik uchun kurashishi kutilgan jamoa mavsum boshida bosh murabbiy o‘zgartirilganidan keyin maqsadlariga etolmay qoldi.
Grem Potter o‘rniga yaqinda jamoaga olib kelingan Frenk Lempard ham hech narsa qila olmayapti. Aksincha, mag‘lubiyatlar seriyasi bo‘yicha rekord o‘rnatyapti xolos.
“Chelsi” kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynamaydi. Yagona imkoniyat bu yil bu musobaqani yutish orqali yangi mavsumga yo‘llanma olish edi. Biroq, “Real” londonliklarni turnirdan chiqarib yubordi.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, Chempionlar ligasiga chiqolmagani uchun aksariyat futbolchilarning maoshi 30 foizga qisqaradi. Manbaga ko‘ra, ko‘p o‘yinchilarning shartnomasiga aynan mana shu and kiritilgan.
Xususan, Kepa Arrisabalaga, Kay Xaverts, Mateo Kovachich, Hakim Ziyesh, Kristian Pulishich va Ngolo Kante endi kamroq maosh oladigan bo‘lyapti.
Fikrlar