Manening jarohati haqida ma’lumot berildi

  • 9 noyabr, 2022, 21:11
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane jarohat oldi. Oxirgi soatlarda OAVda futbolchining Senegal terma jamoasi safida jahon chempionatida o‘ynay oladimi yoki yo‘qmi, degan qarama-qarshi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Shu bois, "Bavariya" Manening ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Tecno

"Verder"ga qarshi o‘yinda Mane o‘ng oyog‘idan jarohat oldi. Myunxen klubining xabar berishicha, hujumchi shanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Shalke-04"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Mane keyingi kunlarda yana ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. "Bavariya" Senegal futbol federatsiyasi tibbiy xodimlari bilan aloqada ekanliklarini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr, yakshanba kuni Qatarda JCh-2022 musobaqasi boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!