Manchini Saudiyadan ketishiga evropalik yulduzlarni sababchi qildi

  • 27 oktabr, 2024, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Roberto Manchini nega bu mamlakatda ish yurita olmaganini ochiqladi.

Manchini Osiyoda ish boshlaganida jahonning eng katta maosh oladigan murabbiyiga aylangan edi. Shayxlar italiyalik mutaxassisga har mavsum uchun 21,5 million funt maosh to‘lab kelayotgandi. 

- Saudiya Arabistonida ko‘plab malakali mutaxassislar ishlayapti. Lekin bitta muammo bor. Terma jamoa muayyan usulda futbol o‘ynay olish tajribasiga ega emas.

Bu mamlakatga xorijlik futbol yulduzlari ko‘plab kelganidan beri vaziyat o‘zgardi. Milliy terma jamoa o‘yinchilar o‘z klublarida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmay qo‘ydi.

Bunday holatda men milliy terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqishni kafolatlay olmayman, - dedi Roberto Manchini.

Vaziyatga yaqin manbalar italiyalik mutaxassis Saudiya Arabistoni terma jamoasining natijalari pasayib ketgani va mahalliy futbolchilar bilan munosabat keskinlashgani ortidan ishdan olinganini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!