Manchesterliklar raqibning katta transferini barbod qilmoqchi
“Tottenxem” rahbariyati 2023 yilning yozida sovrinlar yutish maqsadida “Bavariya”ga o‘tib ketgan Harri Keynni kelasi yoz yana ortga qaytarishni mo‘ljallamoqda.
Bu haqda nufuzli nashrlardan biri TEAMtalk xabar berdi.
O‘z maqsadini amalga oshirish uchun “shporlar” bor imkoniyatini ishga solishga tayyorligi aytilmoqda. Manba ko‘ra, “Tottenxem” Harri Keyn uchun “Bavariya”ga belgilangan miqdorda badal puli to‘laydi, hujumchining o‘ziga katta miqdorda maosh beradi.
“Tottenxem” sobiq futbolchisini qaytarishi oson bo‘lmaydi. “Manchester Yunayted” ham 32 yoshli to‘purarni transfer qilish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Ular angliyalik forvard “shporlar” safiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
“Bavariya”ga o‘tganidan beri to‘purarlik rekordlarini yangilab kelayotgan Harri Keynga Evropaning boshqa grandlaridan ham takliflar etarli.



Fikrlar