Manchesterliklar APLning eng yorqin talantini olmoqchi

  • 2 dekabr, 15:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibini kuchaytirish maqsadida Angliya Premer-ligasida yuqori saviyada o‘ynab kelayotgan mahoratli o‘yinchilarni olishga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.

Tecno

Bosh murabbiy Ruben Amorim “Bornmut” vingeri Antuan Semenoni tarkibda ko‘rishga  qiziqmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar ustozi Ruben Amorim Semenoning  o‘yinini yuqori baholaydi va bu o‘yinchi hujum chizig‘ini kuchaytira olishiga ishonadi.

Futbol tahlilchilarining ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” oldida umuman boshqa pozitsiyalarni kuchaytirish ustuvor hisoblanadi. Shu bois, ayni paytda 25 yoshli to‘purarni olish dolzarb masala emas.

Qolaversa, Semenoga “Liverpul” va “Manchester Siti” singari qudratli klublar ham ko‘z tikkan va ular “Bornmut” vakilini olish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!