"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi "Barselona"da ko‘rinish berishi mumkin

  • 21 sentabr, 2024, 12:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi, hozirda Frantsiyaning “Marsel” klubida to‘p surayotgan Meyson Grinvud jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Goal.com portali xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning yozishicha, 22 yoshli angliyalik futbolchini sotib olishga uchta top-klub qiziqish bildirmoqda. Gap "Atletiko" Madrid, "Bavariya" va "Barselona" haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Grinvud o‘tgan yozda "Manchester Yunayted"dan "Marsel" safiga kelib qo‘shilgan edi. Hujumchi frantsuz grandi bilan 2029 yilning yoziga qadar bo‘lgan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolagan.

Mashhur Transfermarket portali Grinvudning narxini ayni damda 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!