
"Manchester Yunayted"ning "ishqi" ispan futbolchisiga tushdi
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqib qolgan. Martin mankunianliklarning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shu bois MYu rahbariyati ispan klubiga futbolchining shartnomasida belgilangan 50 million evro tovon pulini to‘lashga tayyor.
Aytish kerakki, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xagning shaxsan o‘zi Subimendi bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.
Yarim himoyachi joriy mavsum La Ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Martinning “Real Sosededa” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar