"Manchester Yunayted" yozda katta xatoga yo‘l qo‘ydi

  • 7 noyabr, 2022, 01:59
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan yozda "Manchester Yunayted" Kodi Gakpo bilan shartnoma imzolashni istamagan edi. 

PSVning 23 yoshli hujumchisi transfer bozorida jiddiy talabga ega edi, ammo niderlandiyalik futbolchiga asosiy da’vogarlar sifatida aynan “qizil iblistlar” deb atalgandi. Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Eyndxoven klubi Gakponi 50 million evroga sotishga tayyor bo‘lgan, biroq "Yunayted"dan rasmiy taklif bo‘lmagan.

Kodi Gakpo joriy mavsumda 23 o‘yinda 13 gol va 17 golga assistentlik qildi. Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" yozda Antonini "Ayaks"dan 95 million evro evaziga sotib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!