“Manchester Yunayted” uchta zo‘r futbolchiga xaridor

  • 24 aprel, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida o‘ng qanot  himoyasiga yangi o‘yinchi olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Tecno

Ayni paytda bu pozitsiya egasi Aaron Uan-Bissaka hisoblanadi. Lekin murabbiylar shtabi uning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti.

Taniqli jurnalist  Rudi Galettining ma’lum qilishicha, manchesterliklar bu pozitsiyaga uchta nomzoddan iborat ro‘yxat tuzib qo‘ygan.

 “Manchester Yunayted” vakillari 23 yoshli Jeremi Frimpong (“Bayer”), 25 yoshli Jyul Kunde (“Barselona”) va 28 yoshli Denzel Dyumfris (“Inter”) kabi futbolchilarga e’tibor qaratdi.

Transfermarkt ekspertlari Frimpong va Kundeni 50 million evro, Dyumfrisni 27 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!