"Manchester Yunayted" "Real"dan kelgan ikki yulduzidan voz kechdi

  • 24 aprel, 2024, 19:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbarlari kelasi yozda jamoani qayta qurishni rejalashtirilmoqda. "Transfer News Live" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" himoyachi Rafael Varan va yarim himoyachi Kazemironi keyingi mavsumda jamoada olib qolmoqchi emas.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Real"ning sobiq futbolchilari Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin. Rafaelning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Braziliyalik xavbekning esa mankunianliklar bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan kelishuvi bor. Avvalroq, Kazemiroga Krishitianu Ronaldu harakat qilayotgan "An-Nasr" qiziqish bildiriayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.  

Ma’lumot uchun, nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari 32 yoshli janubiy amerikalik futbolchini 30 million evroga, 30 yoshli frantsuzni esa 25 million evroga baholamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!