"Manchester Yunayted" Paketani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 18 mart, 2024, 19:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" "Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketani maqsad qilgan.

Tecno

Qayd etilishicha, mankunianliklar Paketaning transferiga kelishuvga Xarri Maguayr va Skott Maktomineyni kiritishga ham rozi. Avvalroq Lukas bilan "Manchester Siti" ham  qiziqayotgani haqida ham xabarlar berilgan edi. "Transfermarkt" portali 26 yoshli braziliyalik futbolchini 65 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Paketa joriy mavsum APLda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!