
"Manchester Yunayted" o‘ziga kerakli futbolchini Chempionshipdan topdi
"Byornli" darvozaboni Jeyms Trafford faoliyatini boshqa ingliz klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caughtoffside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli darvozabon bilan "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqmoqda. Trafford kamerunlik darvozabon Andre Onananing potensial o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda, chunki Onana 2024/2025 yilgi mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin.
"Qizil iblislar" Traffordga besh yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Biroq, MYudan tashqari golkiperga "Nyukasl" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Chempionship doirasida Trafford 33 o‘yinda maydonga tushib, atigi 9 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar