
"Manchester Yunayted" o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga 2 ta nomzod topib qo‘ydi
"Manchester Yunayted" rahbariyati qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish haqida jiddiy o‘ylamoqda.
Klub yanvarda Aaron Uan-Bissakani ijaraga beradi va shundan so‘ng uning o‘rniga futbolchi xarid qiladi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "qizil iblislar" radarida ikki niderlandiyalik futbolchi bor.
Ulardan biri "Inter" a’zosi Denzel Dyumfris, ikkinchisi "Bayer" vakili Jeremi Frimpong. Dyumfrisdan farqli o‘laroq, Frimpong transferi manchesterliklar uchun arzonroqqa tushishi kutilmoqda.
MYudan tashqari har ikki futbolchiga "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar