“Manchester Yunayted” nishonida to‘rtta super futbolchi

  • 2 oktabr, 2020, 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer bozoriya yopilishiga bir necha kun qolgan pallada Sulsher to‘rtta zo‘r futbolchidan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Manchesterliklar orzusidagi futbolchi Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmaganidan keyin boshqa hujumkor o‘yinchilarga e’tibor qaratishga majbur bo‘lmoqda.

Ayni paytda skautlar Sulsherga Edinson Kavani, Luka Yovich, Usmon Dembele va Ismoil Sarr xizmatlarini taklif qilmoqda. Bu futbolchilardan faqat Luka Yovich  MYu tarkibiga ko‘chib o‘tmoqchi. Dembele Kataloniyadan ketish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Sarrning esa xaridorlari ko‘p va tanlov imkoni bor. Kavani yoshi o‘tib qolgan bo‘lsa-da, katta maosh talab qilmoqda.

“Manchester Yunayted” ayni paytda ularning barchasi bilan muzokarani davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!