"Manchester Yunayted" Marsyalni transferga qo‘ymoqchi

  • 12 fevral, 2021, 11:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozda frantsiyalik hujumchi Antoni Marsyalni sotib yuborishi mumkin. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.

Tecno

Transfermarkt sayti esa 25 yoshli futbolchini 55 million evroga baholamoqda. Marsyalning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.

Antoni MYu safiga 2015 yil “Monako”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum APLda 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!