"Manchester Yunayted" jamoaning hozirgi "motori" bilan shartnomani uzaytiradi

  • 12 fevral, 2023, 18:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Tecno

Nufuzli manbalar Erik ten Xag va "qizil iblislar" rahbariyati jamoaning 25 yoshli yulduzi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzish niyatida ekanligini bir necha bor e’lon qilgan. "GiveMeSport" nashri xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida yaqin orada kelishuv imzolanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik hujumchi ushbu mavsumda mankunianliklar safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 8 ta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!