
“Manchester Yunayted” jamoani chempion qiladigan murabbiy topdi
Manchester klubi anchadan beri jamoani sovrinlar sari etaklaydigan bosh murabbiy topa olmayapti. Klub falsafasini yaxshi bilgan Ule-Gunnar Sulsher ham engilmas jamoa tuza olmadi. Hozir norvegiyalik mutaxassisning kursisi qimirlab qolgan.
Klub mutasaddilari uning o‘rniga kuchliroq murabbiy qidiryapti. Ular jamoani ispaniyalik Luis Enrikega toshirmoqchi. Manchesterliklarga 51 yoshli murabbiy targ‘ib qilayotgan hujumkor futbol uslubi ma’qul kelmoqda.
Hozir Luis Enrike Ispaniya terma jamoasini boshqarmoqda. Biroq, MYu rahbariyati yaxshiga kompensatsiya evaziga uni Angliyaga olib kelmoqchi.
Bu mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Roma”, “Selta” va “Barselona”ni ham muvaffaqiyatli boshqargan. Ayniqsa, kataloniyaliklar bilan klublar darajasidagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgani ahamiyatli.
Fikrlar