“Manchester Yunayted” hujumga ikki superyulduzni olib keladi

  • 16 may, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa tarkibini sezilarli darajada o‘zgartirishga bel bog‘ladi.

Tecno

Niderlandiyalik mutaxassis klub mutasaddilari oldiga ikki superhujumchi – Usmon Dembele va Paulo Dibalani olib kelish vazifasini qo‘ydi.

Usmon Dembele hali “Barselona”ning yangi shartnomasini qabul qilgani yo‘q. Xavi frantsiyalik hujumkor futbolchini olib qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, klub taklif qilayotgan maosh o‘yinchini qoniqtirmadi.

Dibala ham tez orada erkin agentga aylanadi. Uning masalasi boshqaroq. “Yuventus” xo‘jayinlari Dushan Vlaxovichni olganidan keyin argentinalik yulduzdan voz kechishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!