“Manchester Yunayted” endi yanada qimmatroq o‘yinchi oladi

  • 20 iyul, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibiga qimmatbaho o‘yinchilarni qo‘shib olish harakatlarini to‘xtatmaslikka qaror qildi.

Tecno

Manchesterliklar himoya chizig‘ini qayta tashkil qilmoqchi. “Lill”ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Leni Yoroni 60 milliondan qimmatroqqa transfer qilgan klub yana bir qimmatbaho himoyachi transferini amalga oshirmoqchi.

Leni Yoro transferidan keyingi nishon “Bavariya” himoyachisi Matteys de Ligt bo‘lib turibdi. Niderlandiyalik futbolchi 65 million evroga baholanmoqda.

Matteysning o‘zi ham qadrdon ustozi Erik ten Xag qo‘l ostida to‘p surish istagini bildirdi. Hozircha, klublar o‘zaro muzokarada bir to‘xtamga kela olgani yo‘q.

Zaxira varianti sifatida “Everton” vakili Jerred Brentuet tanlangan. 22 yoshli himoyachi 42 million evroga baholanmoqda, deb xabar tarqatdi The United Stand nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!