“Manchester Yunayted” endi Saudiyadan o‘yinchi oladi

  • 24 sentabr, 06:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yangi mavsumni ham muvaffaqiyatsiz boshlaganidan keyin tarkibini yanada kuchaytirish bo‘yicha ish boshlashga qaror qildi.

Tecno

Transfer News Live va CaughtOffside kabi manbalarning xabar berishicha, manchesterliklar maydon markazini mustahkamlash maqsadida “Al-Hilol”da o‘ynayotgan Ruben Neveshni transfer qilishni mo‘ljallayapti.

Klub mutasaddilari portugaliyalik futbolchi Evropadan ketganidan keyin ham Saudiya Arabistoni maydonlarida yuqori saviyada o‘yin namoyish qilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

Ruben Nevesh Angliya Premer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega. Yarim himoyachi 2017-2023 yillar davomida “Vulverxempton” sharafini himoya qilgan.

Transfermarkt portali ekspertlari bugungi kunda 28 yoshli futbolchini 25 million evroga baholamoqda. Neveshning o‘zi ha yana top-ligaga qaytishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!