“Manchester Yunayted” egasi: “Menga Erik yoqadi. U juda yaxshi murabbiy”

  • 4 oktabr, 2024, 22:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" egasi Jim Retkliff Erik ten Xagning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

Tecno

Jurnalistlar “qizil iblislar” rahbaridan jamoa bosh murabbiyiga ishonasizmi, degan savolni berishdi.

“Men bu savolga javob berishni xohlamayman. Menga Erik yoqadi. Menimcha, u juda yaxshi murabbiy, lekin bu mening qarorim emas, bu “Manchester Yunayted” jamoa menedjerlari shunday masalalarni hal qilishadi.

Ammo, shuni aytishim lozimki, MYuda hali yangi kelgan bosh director (Omar Barreda) va sport director (Den Eshuord) ish olib borishmoqda. Ular iyul oyida o‘z ishlariga kirishishgan.

Ular bu erda bor-yo‘g‘i bir necha hafta bo‘ldi, shuning uchun ular hamma narsani sinchiklab tahlil qilishlari va oqilona qarorlar qabul qilishlari kerak.

Maqsadimiz aniq – biz “Manchester Yunayted”ni kerakli joyga qaytarishni istaymiz”,-dedi “Yunayted”ning egasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!