
"Manchester Yunayted" De Yong transferiga yana bir bor urinib ko‘radi
"Manchester Yunayted" yozda "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni olib kelishga yana urinib ko‘rmoqchi. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xagning shaxsan o‘zi bu transferni amalga oshirishni jamoa rahbariyatdan so‘ragan. 6 oy oldin niderlandiyalik futbolchi "Old Trafford"ga ko‘chib o‘tishdan bosh tortgandi.
Jurnalist Xavi Migelning so‘zlariga ko‘ra, ten Xag yana bir bor rahbariyatdan yarim himoyachi transferini talab qiladi. Yagona muammo shundaki, "Barselona" rahbariyati Frenki haqidagi fikrini o‘zgartirdi va futbolchini saqlab qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, payshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan Evropa ligasining 1/16 final bosqich javob o‘yinida MYu "Barselona"ni 2:1 hisobida (umumiy 4:3) mag‘lub etib, turnirdan chiqarib yubordi.
Fikrlar