"Manchester Yunayted" Brunu Fernandeshga narx belgiladi

  • 13 dekabr, 13:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Portugaliya terma jamoasi futbolchisi yaqin kelajakda jamoasini o‘zgartirish ehtimoli bor. "Caught Offside" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati 31 yoshli futbolchini katta summa evaziga sotib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda. Mankuniyanliklar Fernandeshni sotish orqali kamida 80 million evro ishlab olishni maqsad qilgan. Futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida Saudiya Arabistoni klublari qaralmoqda. Portugaliyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Uning narxi 40 million evroni tashkil qiladi. 

Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsumda umumiy 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!