
“Manchester Yunayted” bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi
"Manchester Yunayted" "Yuventus" sobiq hujumchisi Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi ESPN.
Argentinalik forvardga ko‘plab ingliz klublari, jumladan, "Manchester Yunayted" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, Pauloni yozda jamoadan ketmoqchi bo‘lgan Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo “qizil iblislar” Dibalani “Old Trafford”ga olib kelishni mo‘ljallayotgan bo‘lsa-da, Ronalduni ham sotish haqida o‘ylagani yo‘q.
Dibala o‘tgan mavsumda turinliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 39 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. U 2022 yilning 30 iyunida erkin agent sifatida “keksa sinora”ni tark etdi.
Ronaldu yakuniga etgan mavsum “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasidagi 39 uchrashuvida maydonga tushib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar