“Manchester Yunayted” befoyda qimmatbaho o‘yinchidan qutila olmayapti

  • 17 may, 2024, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta umidlar bilan “Manchester Yunayted”ga olib kelingan niderlandiyalik pleymeyker Donni van de Bekning ishlari yurishmay qoldi. Manchesterliklar to‘rt yil avval uni qariyb 40 million evroga xarid qilgan edi.

Tecno

Donni “Ayaks”dan kelganidan beri manchesterliklarning asosiy tarkibiga kira olmayapti va keyingi mavsumlarni ijarada o‘tkazmoqda.

Futbolchining navbatdagi jamoasi – “Ayntraxt” ham uni sotib olish imkoniyatidan foydalanmaydigan bo‘ldi. Niderlandiyalik yarim himoyachi Bundesliga klubida atigi 8 marotaba maydonga tushdi, lekin o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Donni van de Bekning shartnomasi yana bir yil davom etadi. Manchesterliklar uni 11 million evroga sotib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!