"Manchester Yunayted" A Seriyadan yarim himoyachi olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisi Edersonni jamoaga olib kelishi mumkin.
"Dairo AS" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, braziliyalik xavbekning xizmatlariga "Manchester Yunayted" va Madridning "Atletiko" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bergamo klubi Edersonning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etishini hisobga olgan holda, uni 30 million evroga sotib yuborishga tayyor. Avvalroq klub uni 50 milliondan kamiga sotmasligini ma’lum qilgandi. Biroq futbolchi italyan klubi bilan shartnoma uzaytirishdan bosh tortgani uchun uning narxini tushirishga rozi bo‘lgan. "Transfermarkt" portali futbolchini 45 million evroga baholagan.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi joriy mavsumda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar