"Manchester Siti"ning portugaliyalik yulduzi jamoani tark etishi mumkin!

  • 20 noyabr, 11:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bernardu Silva yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Tecno

Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Klub va futbolchi hali yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olishmagan. Shuning uchun Bernardu "shaharliklar"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2025/2026 yilgi mavsumida 31 yoshli yarim himoyachi APLda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Bernardu 2017 yil yozidan beri Manchester klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!