“Manchester Siti”ni kuchaytiradigan futbolchi keladi

  • 24 aprel, 2021, 04:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar vaqtida “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoya chizig‘ini mustahkamlay oladigan futbolchini transfer qiladi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis birinchi bo‘lib, “Inter” vakili Alessandro Bastonini olib kelishga harakat qiladi.  

Agar “shaharliklar” 22 yoshli italiyalik himoyachini Manchesterga kelishga ko‘ndira olmasa, zaxira varianti hisoblangan “Lester”ning frantsiyalik legioneri Uesli Fofanga murojaat qilinadi. 20 yoshli futbolchi “tulkilar” tarkibidagi ishonchli o‘yini bilan Angliyaning qator klublari e’tiboriga tushdi. Xususan, “Manchester Siti” ham unga imkon berishga tayyor.

Alessandro Bastoni ham milanliklarning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi. Ushbu himoyachi A Seriyada 27 ta o‘yin o‘tkazdi va jamoasining turnir jadvalida peshqadamlikni ushlab turishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!