“Manchester Siti”ni engadigan ikki klub paydo bo‘ladi

  • 5 iyun, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va “Manchester Siti” sobiq hujumchisi Serxio Aguero kelasi mavsum Angliya Premer-ligasida vaziyat qanday bo‘lishini taxmin qildi.

Tecno

Argentinalik to‘purarning aytishicha, endi Angliyada “Manchester siti” bilan raqobatlasha oladigan ikkita jamoa shakllanmoqda.

- “Arsenal” yosh futbolchilardan tarkib topgan kuchli jamoa shakllantirishni uddaladi va ular uzoq muddat klub uchun xizmat qilishga tayyor. Yangi mavsumda “kanonirlar” Xosep Gvardiola shogirdlariga haqiqiy raqobatchi bo‘ladi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted”ni hisobdan chiqarmaslik kerak. Ular ham kelasi mavsum raqobatchilarini tinch qo‘ymaydi, - dedi Serxio Aguero.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!