
“Manchester Siti”ga eng nufuzli turnirda uchta gol urish tarixda uch futbolchiga nasib qilgan. Ular kimlar?
Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining to‘rtinchi turida “Sporting” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuv qahramoni mezbonlarning shvetsiyalik hujumchisi Viktor Dyokeresh bo‘ldi. Uning uchta goli jamoasining irodali g‘alabasini ta’minladi.
Statistika markazlarining ma’lum qilishicha, Viktor Dyokeresh Evropa Chempionlar ligasi tarixida “Manchester Siti” darvozasiga bir o‘yinda uchta to‘p kiritgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Bungacha “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirida 2016 yili Lionel Messi va 2021 yili Kristofer Nkunku “shaharliklar” bilan o‘yinda xet-trikka erishgan ekan.
Fikrlar