“Manchester Siti”dan hech qayoqqa ketmayman!

  • 29 yanvar, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” etakchilaridan biri Fil Foden boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

Tecno

- Hech qanday yangilik qidirayotganim yo‘q. Men yosh bolaligimdan beri bu erdaman va o‘zimni juda yaxshi his qilyapman.

Ayni paytda o‘zimni biror boshqa jamoaga o‘tishimni tasavvur ham qila olmayman. Tabiiyki, oldindi seni nimalar kutayotganini bilmaysan, biroq  hozir bu jamoada hamma ishlarim juda yaxshi ketyapti, - dedi Fil Foden.

24 yoshli Fil Foden klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan universal hujumchi 2017 yildan beri “Manchester Siti”ning birinchi jamoasida to‘p tepib kelmoqda.

Ayni paytda 140 million evroga baholanayotgan hujumkor futbolchi asosiy jamoada 297 ta uchrashuvda maydonga tushib, 97 ta gol va 57 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!