"Manchester Siti" "yangi Neymar"ni diqqat bilan kuzatmoqda

  • 26 aprel, 17:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" PSJ klubida to‘p surayotgan 19 yoshli vinger Desire Duega katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, fransuz klubi yosh futbolchini sotishni xohlamaydi va faqatgina 100 million evrodan yuqori takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Ta’kidlanishicha, “shaharliklar” skautlari so‘nggi oylarda Duening o‘yinini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Joriy mavsumda Due barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!