
"Manchester Siti" va "Atletiko" yozda o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin
"Manchester Siti" va "Atletiko" o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” madridliklar xavbeki Rodri Ernandesni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. O‘z navbatida buning uchun ular “matraschilar”ga argentinalik himoyachisi Nikolas Otamendi va unga qo‘shimcha yana 45 mln evro taklif qilishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, “Atletiko” Otamendini ancha vaqtdan buyon ko‘z ostiga olib yurgan edi.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli Rodri joriy mavsum “Atletiko” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. 31 yoshli Otamendi esa “Siti” safida 32ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar