
"Manchester Siti" Sanening narhini oshirdi
"Manchester Siti" Leroy Sanening narxini 100 million funt-sterlingga ko‘tarish orqali "Bavariya"ni to‘xtatish niyatida.
Yozgi transferlar vaqtida myunxenliklar germaniyalik yosh iqtidor egasiga jiddiy qiziqish bildirishgandi. Ammo Sanening Angliya Superkubogi uchun Liverpulga qarshi bahsda olgan jarohati sabab transfer amalga oshmay qolgandi. "Shaharliklar" "Bavariya" Sane masalasiga kelasi yozda yana qaytishidan havotirda.
Eslatib o‘tamiz, tibbiy tekshiruvlardan so‘ng Sanening fevral oyigacha safdan chiqqani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar