
"Manchester Siti" o‘z darvozaboniga narx belgiladi
"Manchester Siti"ning chempionliklariga o‘z hissasini qo‘shgan Ederson yozda boshqa klubga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ushbu mavsumda "shaharliklar" qoniqarsiz natijalarni qayd etmoqda. Gvardiola esa jamoani tubdan o‘zgartirishni maqsad qilgan. Birinchi navbatda murabbiy darvoza chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Joriy yilda etarlicha ishonchli o‘yin ko‘rsatmayotgan Ederson yozda sotilishi mumkin. Klub brazilyalik darvozabon uchun 30-35 million evro narx belgilagan.
Posbonning ingliz jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 30 million evro.
Fikrlar