“Manchester Siti” “Oltin to‘p” sohibi bilan muzokara boshladi
“Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardiola jamoasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinchi Rodrigo Ernandes bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara boshladi.
Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Rodri “Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasidagi o‘yinlari samarasida 2024 yilda futbolchilarga beriladigan eng nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p” bilan taqdirlangan edi.
Ayni paytda 29 yoshli futbolchiga “Pari Sen-Jermen” va “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda va Rodri atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatyapti.
“Manchester Siti” rahbariyati esa, ispan futbolchisi “shaharliklar” safida qolishiga va joriy mavsum oxiriga qadar yangi bitimni imzolashiga ishonmoqda.
2019 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib kelayotgan mahoratli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Bu muddat yana uch yilga uzaytirilishi kutilyapti.



Fikrlar