
“Manchester Siti” muxlislari Husanovni qanday qabul qildi?
Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishi 2025 yilning eng shov-shuvli transferlaridan bo‘ldi, deyish hech qanday mubolag‘a emas.
Xosep Gvardiola roziligi bilan klubga taklif etilgan 20 yoshli himoyachi uchun “shaharliklar” 50 million evro to‘lagani bu transferning ahamiyatidan dalolat beradi. Yaqin kelajakda o‘zbek futboliga aloqador bunaqa katta transfer yana qachon amalga oshirilishi dargumon.
Professional faoliyatini boshlaganidan beri Abduqodir Husanov avval Belarus, keyin esa Frantsiyadagi muxlislar mehrini, ehtiromi va e’tiborini qozonib kelgan. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari har doim bu o‘yinchini qo‘llab-quvvatlab turadi.
Endi navbat, zamonaviy futbol vatani Angliyaning talabchan fanatlariga. Hozircha “Manchester Siti” muxlislarining o‘zbek futbolchisiga bo‘lgan munosabati juda ijobiy.
Sports.uz portali “Manchester Siti” klubi muxlislarining Abduqodir Husanov transferi bo‘yicha fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.
Out of Contest Mich:
Husanovni dunyoning eng zo‘r klubiga kelgani bilan qutlaymiz!
Napaul:
Husanovning kelishi bilan jamoada qayta tiklanish boshlansin!
Szøbø:
Abduqodir Premer-ligada nimalarga qodirligini endi bilib olamiz...
D1Br7ne:
“Manchester Siti”da yangi era boshlandi
Vusumuzi Mazibuko:
Husanov, xush kelibsan. Zaxirada o‘tirib qolma!
Giddygiddy:
Birinchi o‘yindayoq, boshlang‘ich tarkibga o‘ynasin!
Leo:
“Manchester Siti” yangi o‘yinchilarni ola boshladi. Husanov xush kelibsan!
Hal Elance:
Manchesterliklar, bizning yigitimizni ehtiyot qilinglar. Tez orada u jahon futbolchining eng zo‘r markaziy himoyachisiga aylanadi.
Kaptain Kush:
Husanov “Manchester Siti”ning dunyoning eng zo‘r klubi ekanini bilgan holda kelgan!
Ismael Mansoor:
Bu yosh himoyachi hali “Manchester Siti” uchun juda zo‘r o‘yinchiga aylanadi. Bu yigit yangi klubida nimalarga qodirligini ko‘rsatishini intizorlik bilan kutyapmiz.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Abduqodir Husanov bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi va tomonlar o‘zaro kelishgan holda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin. Legionerimiz yangi jamoasida 45-raqamni tanlagan.
Fikrlar