
"Manchester Siti" mehmonda "Fulxem"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Angliya Premer-ligasi 28-turida "Manchester Siti" "Fulxem" bilan kuch sinashdi va qiyinchiliksiz g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yinni "Fulxem" yomon o‘tkazmadi, biroq "Siti" vaziyatlardan unumli foydalanib, g‘alabani ilib ketdi. 47-daqiqada Jon Stounz jarima zarbasidan so‘ng boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘n daqiqadan so‘ng, Gabriel Jezus himoyachilar xatosidan foydalanib hisobni yiriklashtirdi. 61-daqiqada hakam "Fulxem" darvozasiga penalti belgiladi, 11 metrli jarima to‘pini aniq amalga oshirgan Serxio Aguero o‘yindagi oxirgi gol muallifi bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, "Siti" 30 o‘yinda 71 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egallab turibdi, "Fulxem" esa 29 o‘yinda 26 ochko bilan 18-pog‘onada bormoqda.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar