“Manchester Siti” Husanovning joyiga zo‘r himoyachi oladigan bo‘ldi

  • 20 noyabr, 06:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yilgi inqirozdan keyin “Manchester Siti” 2025 yilgi ikkita transferlar oynasi davrida tarkibini tubdan yangilashga erishdi. 20 yanvarda jamoaga Abduqodir Husanovning kelishi bilan boshlangan avlodlar almashinuvi jarayoni hali yakunlangani yo‘q.

Tecno

Yangi mavsum Xosep Gvardiola jamoasining eng nozik joyi o‘ng qanot himoyasi ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Kayl Uoker ketganidan keyin bu pozitsiyani Gvardiola talabi darajasida yopadagina o‘yinchi qolmadi hisob.

Mateush Nunesh va Riko Liyus o‘ng qanot himoyachisi sifatida qayd etilgan bo‘lsa-da, ularning asl pozitsiyasi yarim himoyachi ekani mavsumning boshidagi o‘yinlarda sezilib qoldi. Har ikki o‘yinchiga ham himoyalanish qobiliyati etishmayotganini mutaxassislar ko‘p bor ta’kidlashdi.

Xosep Gvardiola Nunesh va Lyuis etarli darajada eplay olmagan ishni Abduqodir Husanovga topshirdi. 21 yoo‘zli o‘zbek futbolchisi aslida markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, o‘ng qanotni ham mustahkam ushladi. Mavsum davomida bir necha muhim uchrashuvlarda qanot himoyachisi sifatida zo‘r o‘ynab berdi.

Ammo jarohatlar Husanovni yana boshlang‘ich tarkibdan uzoqlashtirdi, uning barqarorligiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Qolaversa, himoyalanishda juda zo‘r o‘ynayotgan o‘zbek himoyachisiga qanotdan hujum uyushtirish va oldinga o‘tish vazifasi biroz qiyinyailik tug‘dirayotganini ham tan olish kerak.

Xosep Gvardiola o‘ng qanotga qishki transferlar davrida yangi ijroyachi olish masalasi Abduqodir Husanovning jarohatdan tiklanganidan keyin yanvargacha ko‘rsatadigan o‘yiniga bog‘liq ekanini aytgandi. Hozircha, Abduqodir maydonga qaytganidan keyin Angliya Ligasi kubogida bitta uchrashuvda qatnashdi xolos. Ayrim uchrashuvlarda qaydnomaga ham kiritilmadi.

Endi “Manchester Siti”da yana boshqa o‘ng qanot himoyachisini olish masalasi ko‘tarila boshladi. Jurnalist Ben Jekbosning yozishicha, “shaharliklar” ayni paytda “Nyukasl”da o‘ynayotgan Tino Livramento nomzodiga qaytgan.

Manchesterliklar bu transferni yozgi mo‘ljallayapti. Chunki “qarg‘alar” mavsum o‘rtasida asosiy tarkib o‘yinchisini qo‘yib yubormaydi.  23 yoshli futbolchi aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar”ning birinchi jamoasiga qabul qilinmaganidan keyin Tino 2021 yilning yozida “Sautgempton”ga o‘tib ketgandi.

“Nyukasl” ikki yil muqaddam iste’dodli qanot himoyachisini 37,2 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan. Hozirgi kunda Livramentoning transfer summasida jiddiy o‘zgarish bo‘lgani. “Qarg‘alar” bilan 2028 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchi 40 million evroga baholanmoqda.  Bu summa “Manchester Siti”dek qudratli klub uchun maqbul narx hisoblanadi.

Joriy mavsum davomida “Manchester Siti”da Mateush Nunesh o‘ng qanot himoyasida o‘ynash uchun asosiy da’vogarga aylangan. Abduqodir Husanov sport formasini to‘liq tiklab olganidan keyin bu pozitsiyani portugaliyalik futbolchidan tortib olishga urinib ko‘radi.

Husanovda markaziy himoyachidan o‘ng qanot himoyachisiga moslashib olishi va tarkibdan muqim joy olishi uchun joriy mavsumning oxirigacha vaqt bor. Iste’dodli futbolchimiz o‘zining tezkorlik, kurashuvchanlik, maydonni ko‘ra olish va uzoq masofalarga aniq pas bera olish kabi sifatlariga tayangan holda buni uddalashiga umid qilamiz. Zero, “Manchester Siti” darajasidagi grand klublarda bir pozitsiyaga bir necha o‘yinchi da’vogarlik qilishi va ichki raqobat muntazam davom etishi davr talabidir.

Kannavaro qizil olgan Husanovni jazolaydimi?
Shomurodov finaldan keyin nimalar dedi?
Husanovning ahvoli qanday? “Manchester Siti” o‘yinchilari reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonning shov-shuvli g‘alabasiga qanday munosabat bo‘ldi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!