“Manchester Siti” Husanovning jahon chempionatida ishtirok etishiga qanday munosabat bildirdi?
2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar 48 mamlakat milliy terma jamoalari AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu jamoalar FIFA tomonidan tashkil etilgan qur’a tashlash marosimidan keyin guruh bosqichidagi raqiblari bilib oldi.
O‘z tarixida ilk bor futbol olamining eng nufuzli musobaqasida qatnashadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya futbolchilari bilan o‘ynashi aniq bo‘ldi. Uchinchi raqib mart oyida aniqlanib, Yangi Kaledoniya, Kongo Demokratik Respublikasi va Yamayka terma jamoalaridan biri bo‘ladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Manchester Siti” klubi bo‘lajak mundialga bir necha o‘yinchilarini yuboradi. Klub matbuot xizmat rasmiy mancity.com saytida jahon chempionatida qatnashadigan futbolchilari haqida ma’lumot chiqardi.
“V” guruhi
“Manchester Siti” darvozaboni Janluiji Donnarumma navbatdagi jahon chempionatiga borishi uchun mart oyida bo‘ladigan yakuniy saralash o‘yinlarida Italiya terma jamoasi Bosniya va Gertsegovina, Shimoliy Irlandiya va Uels to‘sig‘idan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Bu ishni uddalasa, “V” gurug‘ida Kanada, Qatar va Shveytsariya bilan to‘qnash keladi.
“S” guruhi
Braziliya terma jamoasiga nomzod Savio xalqaro miqyosda 2024 yilning mart oyida debyut qilganidan beri 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Braziliyaliklar mundialning guruh bosqichida Marokash, Gaita va Shotlandiya bilan o‘ynaydi.
“F” guruhi
Natan Ake va Tijani Reynders Niderlandiya terma jamoasining asosiy o‘yinchilari hisoblanadi. Ake 2017 yildan beri 57 ta uchrashuvda qatnashdi. 2023 yili terma jamoada debyut qilgan Reyners esa, 29 marta maydonga tushgan.
Niderlandiyaliklar Yaponiya, Tunis va mart oyida bo‘ladigan yakuniy saralash o‘yinlarida qatnashadigan Ukraina, Shvetsiya, Polsha va Albaniyadan biri bilan o‘ynaydi.
“G” guruhi
“Manchester Siti”ning 23 yoshli vingeri Jeremi Doku Belgiya terma jamoasining asosiysh o‘yinchilaridan biri va u saralash turnirlarida beshta gol urdi. Hozirgacha u 39 ta o‘yin o‘tkazdi.
Mundialda Misr terma jamoasi sharafini Umar Marmush himoya qiladi. U 2021 yildan beri 40 ta uchrashuvda sakkizta to‘p kiritgan.
Belgiya va Misr ushbu kvartetda Eron va Yangi Zelandiya bilan raqobatlashadi.
“H” guruhi
Ispaniya terma jamoasi safida 2024 yili Evropa chempionatining eng zo‘r o‘yinchisi, deb topilgan Rodri endi bu mavqeini jahon chempionatida yana bir karra tasdiqlashi kerak.
Ispanlar Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan kuch sinashadi.
“I” guruhi
Frantsiya terma jamoasi safida yaqinda debyut qilgan Rayan Sherki ilk bor jahon chempionatida qatnashadi.
Norvegiya terma jamoasining uzoq tanaffusdan keyin mundialga chiqishiga katta hissa qo‘shgan Erling Xoland va Oskar Bobb muhim o‘yinchilardan hisoblanadi. Ayniqsa, Xoland 48 ta uchrashuvda 55 gol urgan holda ajoyib statistika bilan ajralib turibdi.
Evropa vakillari bu guruhda Senegal va qit’alararo pley-offdan muvaffaqiyatli o‘tgan Iroq, Boliviya yoki Surinamga to‘qnash keladi.
“J” guruhi
Jazoir terma jamoasida 2023 yildan beri 20 ta uchrashuvda qatnashgan 24 yoshli Rayan Ayt-Nuri bu kvartetda amaldagi jahon chempioni Argentina, Avstriya va Iordaniyaga duch keladi.
“K” guruhi
Ruben Diash, Mateush Nunesh va Bernardu Silva xalqaro miqyosda Portugaliya terma jamoasi safida juda katta tajriba to‘plagan. Endi ular o‘z mamlakatlari tarixida ilk chempionlikni qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Bu guruhda o‘ynaydigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Abduqodir Husanov afsonaga aylanib bo‘lgan. 21 yoshli himoyachi terma jamoaning tarixiy jahon chempionatiga chiqishida muhim rol o‘ynadi. Husanov xalqaro miqyosda 2023 yilning iyun oyida debyut qilganidan keyin 23 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.
Portugaliya va O‘zbekiston o‘z guruhida Kolumbiya va saralash turnirida yo‘llanma masalasini hal qilishni uddalay oladigan Kongo Demokratik Respublikasi, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya terma jamoalaridan biri bilan to‘qnash keladi.
“L” guruhi
“Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounz Angliya terma jamoasining etakchilaridan hisoblanadi. U 11 yil davomida 87 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Fil Foden ham o‘z mamlakati uchun xalqaro miqyosda 47 ta bahsda qatnashgan.
“Manchester Siti” o‘yinchilaridan Niko O'Rayli, Jeyms Trafford va Riko Lyuis Angliya terma jamoasining yangi avlodi hisoblanadi.
Ular jahon chempionatida Gana, Xorvatiya va Panama bilan raqobatlashadi.
Xorvatiya terma jamoasi safida “Manchester Siti” vakillaridan Yoshko Gvardiol va Mateo Kovachich bor. Gvardiol 23 yoshida terma jamoada 46 ta uchrashuvda qatnashishga muvaffaq bo‘ldi. Tajribali Kovachich hisobida 111 ta o‘yin bor.
O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?
Endi bor umid Shomurodovdan! “Bashakshehir”da katta yo‘qotish
Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart



Fikrlar